Chindan Group
Chindan ERP
Xitoydan og'ir texnika import qiluvchi kompaniya uchun rollarga asoslangan ERP: liddan bojxona va qarz undirishgacha.
- Mijoz
- Chindan Group
- Rol
- Yagona dasturchi: arxitektura, backend, frontend, deploy
- Davr
- avg, 2026
- Texnologiyalar
- GoPostgreSQL 18React 18VitePWACaddyDockerHetznerTelegram WebAppOpenAIAnthropicAmoCRMLibreOffice

Muammo
Import zanjiri (Xitoy → Xorgos → bojxona → mijoz) va pul oqimi bir-biridan uzilgan jadvallarda edi.
Yechim
Bazada saqlanadigan RBAC, bosqichli mashina kartasi, ko'p kassali moliya va AI yordamchi bilan yagona ERP.
Natija
7 haftada v1.17: ~155 ming qator kod, 16 ta TZ bosqichi bajarildi, erp.chndn.uz'da ishlab turibdi.
Chindan Group Xitoydan O'zbekistonga qurilish texnikasi (SANY ekskavatorlari va boshqalar) import qiladi. Savdo, import, ombor, moliya va mijozlar bilan ishlash alohida odamlar va jadvallarda edi. ERP hammasini bitta "Enterprise OS" ga birlashtirdi: har bir mashina kartasi "buyurtma yaratildi" dan Xitoy xaridi, Xorgos chegarasi, bojxona, ombor, yetkazib berish va "bitim yopildi" gacha bosqichlardan o'tadi, har bir o'tishga kim ruxsatli ekani serverda tekshiriladi.
15 dan ortiq rol: admin, menejer, moliya, savdo boshlig'i, closer agentlar, marketing, logistika, deklarant, Xitoy xarid va moliya, mexanik, ta'sischilar. Rollar kodda emas, bazada — admin yangi rol yarata oladi. Moliya: bir nechta kassa, USD va UZS, kunlik kurs, P&L, 50 ming dollardan katta tranzaksiyalar uchun tasdiqlash. Hujjatlar DOCX shablonlardan PDF'ga LibreOffice bilan yasaladi.
AI yordamchi ~45 ta tool bilan ishlaydi (mashina topish, qarzdorlar, moliya xulosasi, tashrif rejalashtirish), yozuvchi amallar faqat tasdiqdan keyin bajariladi, Whisper STT, TTS va OpenAI Realtime ovozli rejim bor — barchasi Telegram WebApp'da ham.
Backend — faqat standart kutubxonadagi Go: PDF, XLSX va S3 imzolash qo'lda yozilgan. 78 ta migratsiya, 400 ga yaqin talabni qayta audit qilish (privilege escalation va PII sizib chiqishi topilib tuzatildi), 205 ta rol×API kombinatsiyasi tekshirildi, Railway'dan Hetzner'ga ma'lumot yo'qotmasdan ko'chirildi.